19:50 / 10.11.2021
12411

Toshkentda «Zamonaviy maktab» loyihasi asosida qurilgan ilk maktab foydalanishga topshirildi

Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati

10 noyabr kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanida «Zamonaviy maktab» talablari asosida qurilgan 1 ming 320 o‘rinli maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi yurituvidagi telegram kanalida ma'lum qilindi.

Ta'kidlanishicha, tumanning Olmos mahallasida ko‘p qavatli turar-joy majmualari qurilgach, u yerga ko‘chib kelganlarning farzandlari uchun maktab qurishga ehtiyoj paydo bo‘lgan.

Yangi 339-sonli maktabning ochilishi esa yaqin hududda joylashgan maktablarda ham navbatlilik koeffitsiyenti pasayishiga olib keladi. 

«Maktab binosi «Zamonaviy maktab» loyihasi asosida barpo etilgan va barcha qulay sharoitlarga, jumladan, zamonaviy sport maydonlariga ham ega», – deyiladi xabarda.  

Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati
Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati
Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati
Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati
Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati
Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati
Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati

Ma'lumot uchun, 2021 yilda Toshkent shahrida 205 ta (64 foiz) maktabda ta'mirlash ishlari olib borilgan. Bu borada 21 ta maktab investitsiya, 8 ta maktab «Obod mahalla» dasturi, 176 ta maktab esa yangi o‘quv yiliga tayyorlash jarayonida (saylov obekti) joriy ta'mirlangan.

Top