18:12 / 11.11.2021
39710

2021 yilning 9 oyida chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma'lum bo‘ldi

2021 yilning 9 oyida O‘zbekistonda yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga Muhammadali ismi, qizlarga esa Soliha ismi eng ko‘p qo‘yilgan. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Foto: BBC

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 20 570 nafar o‘g‘il farzandga Muhammadali, 21 323 nafar qizga Soliha ismi berilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda 9 oyda tug‘ilgan 351 897 nafar o‘g‘il va 326 997 nafar qizga tug‘ilganlik haqida guvohnomalar berilgan.

Kun.uz DXA matbuot xizmatidan olgan qo‘shimcha ma'lumotga ko‘ra, joriy yilda qizlarga Soliha ismidan tashqari Muslima (11 844), Shukrona (8 085), Imona (7 487), Mubina (5 326) ismlari ham ko‘p qo‘yilgan.

O‘g‘il bolalar ismlarining top 5 taligida esa Muhammadalidan tashqari Muhammad (12 232), Abdulloh (11 223), Mustafo (9 648), Imronbek (7 950) ismlari ham bor.

Muhammadali va Soliha ismlari 2019 va 2020 yillarda ham O‘zbekistonda eng ko‘p qo‘yilgan ismlar bo‘lgani ma'lum qilingandi. Jumladan, 2020 yilda 19 383 nafar o‘g‘il bolaga Muhammadali, 18 616 nafar qizga Soliha ismi berilgan.

Mavzuga oid
Top