11:54 / 15.11.2021
1562

Ayol go‘dagini 7 million so‘mga sotmoqchi bo‘ldi 

Foto: AP

Namanganda ayol o‘z chaqalog‘ini 7 mln so‘mga sotayotgan paytda ushlangan. Bu haqda Namangan viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

8 noyabr kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi fuqaro IIBga Mingbuloq tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan ayol 2021 yil 11 iyunda tug‘ilgan qizini 7 mln so‘mga sotmoqchiligini ma'lum qilgan.

Mazkur ariza yuzasidan shu kuni viloyat IIB va tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, ayol qizini yashash uyi oldida 7 mln so‘mga sotishga kelishib, 3 mln so‘m va 100 dollarni olayotgan vaqtida ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Top