08:49 / 15.11.2021
1474

Namanganda ayol boshqaruvidagi "Matiz" temir to‘siqqa urildi. Haydovchi vafot etdi

To‘raqo‘rg‘on tumani hududida "Matiz" boshqarib borayotgan ayol temir to‘siqqa urilishi oqibatida vafot etgan. Bu haqda Namangan viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

10 noyabr kuni soat 19:00 larda, Pungon-Namangan yo‘lining 68 km.da Namangan shahar Davlatobod tumanida yashagan, 1986 yilda tug‘ilgan ayol, "Matiz" mashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘rtasini ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilgan.

Natijada, haydovchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Mashinada bo‘lgan yo‘lovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro bosh miya asosining sinishi, chap chakka suyagini ochiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid
Top