12:04 / 16.11.2021
36345

O‘zbekistonda 17 noyabr kuni qor yog‘ishi kutilmoqda

Gidrometeorologiya xizmati markazi 17 noyabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilayotgani haqida ma'lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir qorga aylanadi. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 3-5 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 0 darajagacha pasayadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda biroz qor yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq. Ustyurtda kechasi 10-12 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda biroz qor yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Ba'zida changli bo‘ron bilan 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba'zida changli bo‘ron bilan 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba'zi joylarda qorga aylanadi) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba'zida changli bo‘ron bilan 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba'zida 23-28 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, 17-18 noyabrda respublikaning barcha hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi.

Avvalroq Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi kutilayotgani haqida ogohlantirish berilgandi.

Top