09:37 / 18.11.2021
7875

Banklarda dollar kursi birinchi marta 10 800 so‘mdan oshdi

 O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 18 noyabr, payshanba kuni ertalab dollar kursi ko‘tarildi.

Foto: Kun.uz

Bir qator banklarda dollar olish 10 700 - 10 760 so‘mdan, sotish 10 810 so‘mdan taklif etilmoqda. Bu yangi maksimal ko‘rsatkich.

Qayd etish lozimki, so‘nggi marta banklarda dollar kursi 11 noyabr kuni jiddiy ko‘tarilgandi (1 AQSh dollarining sotish kursi - 10 770 so‘m).

Avvalroq, Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qilgandi. Ushbu almashuv kurslari 18 noyabr kunidan kuchga kirdi.

Unga ko‘ra, bir dollar 10 755 so‘m 26 tiyinni tashkil qildi.

Top