08:25 / 18.11.2021
4932

Rossiyaning 8ta universiteti O‘zbekistonda o‘z filialini ochishni rejalashtirmoqda

Rossiyaning yana sakkizta oliy o‘quv yurti O‘zbekistonda o‘z filialini ochish niyatida. Bu haqda seshanba kuni Rossiya rektorlar ittifoqi prezidenti, Moskva davlat universiteti rektori Viktor Sadovnichiy ma'lum qildi.

«Ayni damda Rossiyaning yana sakkizta oliy o‘quv yurti O‘zbekistonda filialini ochishni rejalashtirmoqda», — dedi Sadovnichiy 16 noyabr kuni Rossiya-O‘zbekiston ikkinchi ta'lim forumi ochilishida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uchta filialning ochilishi tegishli hujjatlarni imzolashning yakuniy bosqichida va «yaqin kelajakda ular o‘zbekistonlik talabalar uchun o‘z eshiklarini ochadi». 

O‘zbekiston tomonining ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiya oliy ta'lim muassasalarining mamlakatdagi filiallari soni bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi – bugungi kunda respublikada ularning soni 14 taga yetgan. 

Mavzuga oid
Top