21:24 / 20.11.2021
17425

Bolgariya prezidenti Qrimni Rossiyaga tegishli deb aytgan so‘zlariga izoh berdi

Ikkinchi muddatga prezidentlikka da'vogarlik qilayotgan Rumen Radev asosiy raqibi Anastas Gerjikov bilan o‘tkazilgan saylovoldi debatida Qrimni Rossiyaning bir qismi deb aytgandi.

Foto: dialog.ua

Qrim hozirda Rossiyaga tegishli hisoblanadi, siyosiy voqelik ana shunday. Bolgariya prezidenti Rumen Radev Kiyev uning yarimorol kimga tegishliligi haqidagi so‘zlariga izoh berishni talab qilganidan so‘ng shu javobni aytdi, deb yozadi Mediapool.bg.

Shu bilan birga, u 2014 yilda Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi xalqaro huquq buzilishi ekani, bu borada fikri qat'iyligini ta'kidladi. 

Ikkinchi muddatga prezidentlikka da'vogarlik qilayotgan Radev asosiy raqibi Anastas Gerjikov bilan o‘tkazilgan saylovoldi debatida Qrimni Rossiyaning bir qismi deb aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashqi siyosatda pragmatizm zarur, Qrim tufayli kiritilgan Rossiyaga qarshi sanksiyalar esa hech qanday samara bermayapti.

Debat 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Ertasiga Ukraina tashqi ishlar vazirligi Bolgariyaning Kiyevdagi elchisi Kostadin Kojabashevni chaqirtirdi va prezidentning so‘zlariga raddiya talab qildi. 

Qrim 2014 yilda o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra Rossiyaga qo‘shilgan. Dunyoning aksariyat davlatlari yarimorolning Rossiyaga tegishli ekanini tan olmaydi.

Mavzuga oid
Top