07:42 / 23.11.2021
12515

Toshkentda o‘z uyida qurol yasash bilan shug‘ullangan shaxs aniqlandi

Joriy yilning 17 noyabr kuni olib borilgan «Xavfsiz hudud» profilaktik tadbirlari davomida IIV, DXX va Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari muqaddam sudlangan 48 yoshli fuqaro o‘z uyida qurol yasash bilan shug‘ullanishini aniqlagan. 

Foto: IIBB axborot xizmati

Poytaxt IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur shaxsning yashash joyi tekshirilganda u yerdan revolver va to‘pponcha topilib, ballistika ekspertizasiga yo‘naltirilgan. 

Qayd etilishicha, ekspertizaning xulosasiga ko‘ra fuqaroning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.

“Fuqarolardan ushbu xatti-harakat uchun Jinoyat kodeksining 248-moddasida (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) javobgarlik ko‘zda tutilganiga e'tibor qaratishlarini so‘raymiz”, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid
Top