18:59 / 24.11.2021
5303

Putin koronavirusga qarshi kukun holidagi vaksinani o‘zida sinab ko‘rdi

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, revaksinatsiyadan so‘ng u kukun holidagi vaksinani ham olgan.

Foto: Alexei Nikolsky / Getty Images

Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi burun orqali olinadigan vaksinani o‘zida sinab ko‘rganini ma'lum qildi, deb yozadi TASS.

“Emlanganimdan roppa-rosa olti oy o‘tgach menda himoya titrlari tushib ketdi va mutaxassislar revaksinatsiyani maslahat berishdi va bir necha kun oldin qayta emlandim”, — dedi Putin.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, revaksinatsiyadan so‘ng u kukun holidagi vaksinani ham olgan.

“U ham shpritsda, faqat suyuq emas, kukun holida. Hidlaganimdan so‘ng 15 daqiqa o‘tirdim, bo‘ldi», — dedi u.

Rossiya prezidenti mamlakat fuqarolarini koronavirusga qarshi o‘z vaqtida qayta emlanishga chaqirdi.

Putin shu yilning martida koronavirusga qarshi emlangandi.

Top