17:15 / 29.11.2021
8199

Erdo‘g‘an Turkiya Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyorligini bildirdi

Erdo‘g‘anning qayd etishicha, Turkiya Ukraina bilan ham, Rossiya bilan ham muzokaralar o‘tkazmoqchi.

Foto: DHA

Turkiya Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi inqirozni hal qilishda ishtirok etish niyatida va Moskva bilan bu mavzuni muhokama qilishda davom etadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi.

«Biz mintaqada tinchlik o‘rnatilishi tarafdorimiz, ayniqsa, gap Qrim turklari haqida borganida. Bu masalani do‘st Rossiya va ayniqsa, janob Putin bilan bir necha marta muhokama qilganmiz», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi NTV telekanali.

Erdo‘g‘anning qayd etishicha, Turkiya vositachilikka tayyor hamda Ukraina bilan ham, Rossiya bilan ham muzokaralar o‘tkazmoqchi.

«Biz bu masalani yechishda ishtirok etishni xohlardik», — dedi u.

Xabar qilinishicha, Ukraina 26 noyabr kuni Rossiyaga Erdo‘g‘an orqali  mahbuslarni almashtirish ro‘yxatini bergan. 

Top