20:51 / 30.11.2021
15942

Lukashenko Qrimni Rossiyaniki deb tan oldi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qrim 2014 yilgi referendumgacha “de-fakto Rossiyaniki” bo‘lgan. 

Foto: RIA Novosti

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qrim “amalda va yuridik jihatdan Rossiyaga tegishli” ekanini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qrim 2014 yilgi referendumgacha “de-fakto Rossiyaniki” bo‘lgan. 

“Qrim de-fakto Rossiyaniki ekanini hammamiz bilardik. Referendumdan keyin de-yure ham Rossiyaniki bo‘ldi”, — dedi Lukashenko.

U shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yarimorolga birga borish to‘g‘risida kelishib olganini aytdi.

Lukashenko avgust oyida “Belarus 1” telekanaliga bergan intervyusida “Qachonki Rossiyadagi eng oxirgi oligarx Qrimni tan olsa va u yerga o‘z mahsulotini yetkazib berishni boshlasa, men ham tan olaman”, — degandi.

Avvalroq Bolgariya prezidenti Rumen Radev Qrim hozirda Rossiyaga tegishli ekanini aytgandi.

2014 yil martida Qrimda referendum o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra yarimorol Rossiyaning hududiy qismiga, Sevastopol esa federal ahamiyatdagi shahriga aylangan. Bu referendum natijalarini Ukraina va xalqaro jamoatchilik tan olmaydi.

Mavzuga oid
Top