13:45 / 02.12.2021
4954

Avstraliya bosh shifokori «omikron» shtammi bilan bog‘liq og‘ir holatlar kuzatilmaganini ma'lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, qator mamlakatlarda kuzatilgan qariyb 300 holat ichida simptomlar ancha yengil yoki umuman yo‘q.

Foto: The New York Times

Avstraliyalik shifokorlar hozirda «omikron» shtammini yuqtirgan bemorlarda og‘ir holatlar kuzatilmaganini ma'lum qildi. Bu haqda Bloomberg mamlakat bosh shifokori Pol Kelliga tayanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi shtammni virusning boshqa turlariga nisbatan xavfliroq deb hisoblamaslik kerak.

«Dunyoning qator mamlakatlarida kuzatilgan qariyb 300 holat ichida simptomlar ancha yengil yoki umuman yo‘q», — dedi Kelli.

U «omikron» bilan bog‘liq barcha holatlar juda yengil o‘tayotganiga e'tibor qaratdi. Shtammni yuqtirganlarda simptomlar yo‘q, dedi u.

Ammo «omikron» xavfliligi borasida dalillarning yo‘qligi uning bezarar ekanligini anglatmaydi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 24 noyabr kuni JARda qayd etilgan koronavirusning yangi varianti «omikron» bilan bog‘liq umumiy global xavfni juda yuqori deb baholagan.

Mavzuga oid
Top