19:00 / 02.12.2021
3500

Twitter va Facebook Pekin qarashlarini ilgari surgan 2,5 mingdan ortiq akkauntni o‘chirdi

Twitter Xitoyning Shinjonda inson huquqlarini buzayotgani to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etish bilan shug‘ullangan 2 mingdan ortiq akkauntni o‘chirgan.

Foto: AP

Twitter va Facebook ijtimoiy tarmoqlari Pekinning ijtimoiy-siyosiy qarashlarini tarqatgan 2,5 mingdan ortiq akkauntni o‘chirdi. Bu haqda The New York Times gazetasi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Twitter Xitoyning Shinjonda inson huquqlarini buzayotgani to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etish bilan shug‘ullangan 2 mingdan ortiq akkauntni o‘chirgan. Bu akkauntlar Shinjonda olingan videoroliklarni joylashtirgan. Ularda bu joy “farovonlik va erkinlik hududi” deb e'tirof etilgan.

Facebook Uilson Edvards ismli o‘ylab topilgan shveysariyalik biolog nomidan xabar tarqatgan 500dan ortiq akkauntni bloklaganini xabar qildi. Aslida mavjud bo‘lmagan olim AQSh JSSTning koronavirus kelib chiqishi bilan bog‘liq tekshiruvlariga aralashayotganini ta'kidlagan. Shveytsariyaning Pekindagi elchixonasi “Uilson Edvards” ismli olim yo‘qligini ma'lum qilganidan so‘ng Facebook uning akkaunti xabar tarqatilishidan 12 soat avval ochilganini aniqlagan.

Twitter va Facebook Xitoyda bloklangan. 

Vashington Xitoyni Shinjonda ommaviy qatag‘onlar o‘tkazishda ayblab keladi. Pekin bu ayblovlarni rad etadi.

Top