12:04 / 03.12.2021
29755

Qishda uzumni qanday saqlash mumkin?

Qishning sovuq kunlarida dasturxonga yangi uzilgan uzum boshqacha ko‘rk beradi. Uzumni qishda saqlashning ham o‘ziga xos usullari bor.

Asaka tumani, "Arg‘in" MFYdagi dehqon Odiljon ota Toshmatov uzumchilik bilan shug‘ullanadi. Uzumlarining ma'lum bir qismini sovuq kunlar uchun saqlab qo‘yadi.

"Mahallada to‘y, ehson qilinsa, uzumlarni bekorga beraman. Pul olmayman. Duo qilinglar deyman. Kirgan odam quruq chiqib ketmaydi. 12 sotix yerda 4-5 yo‘l uzum bor. Bu bitta yo‘lning uzumi. Farg‘onadan kelganlarga 2500-3500 so‘mlik payti sotdik. Hozir bozorda uzum 10 ming so‘mdan ortiq", - deydi dehqon.

Uzumlar o‘zining zangiga (novdasiga) pastdan bog‘lab chiqiladi. Uzib beradigan vaqtda esa tepadan uzib tushiladi.

Uzumlarni yaxshi saqlash uchun ostiga suv quyib turiladi yoki chelakda suv qo‘yib qo‘yiladi. Namlik me'yorida ushlangani hisobiga uzumlar yaxshi saqlanadi.

Abduvali Qurbonov,
Tasvirchi Azizbek Ismoilov,
Montaj ustasi Boymirza Xalilov

Top