15:35 / 09.12.2021
10935

Geyts pandemiya yakunlanishi borasida yangi taxminini aytdi

Milliarder “delta” kabi yuqumli shtamm paydo bo‘lishini kutmagani va odamlarni niqob taqish hamda emlanishga ko‘ndirishga uzoq vaqt ketishini o‘ylamaganini aytdi.

Foto: Sputnik

Microsoft asoschisi Bill Geyts COVID-19 pandemiyasining yuqori bosqichi kelasi yili tugashi mumkinligini taxmin qildi.

Shu bilan birga, Geyts “delta” kabi yuqumli shtamm paydo bo‘lishini kutmagani va odamlarni niqob taqish hamda emlanishga ko‘ndirishga uzoq vaqt ketishini o‘ylamaganini aytdi.

“Ammo yakunga oz qoldi deb umid qilaman. Yana bir taxminni aytish ahmoqlik bo‘lgan bo‘lardi, ammo pandemiyaning yuqori bosqichi 2022 yilda tugaydi deb o‘ylayman”, — deb yozdi u shaxsiy blogida.

Geyts shuningdek, “omikron” shtammi xavotir uyg‘otayotgan bo‘lishiga qaramasdan, jahon hamjamiyati hozirda virusga qarshi avvalgilarga nisbatan yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rganini qayd etdi.

Bill Geyts bahorda virusning yangi shtammlari paydo bo‘lishi va qaytadan yuqtirishlar sababli kasallikka qarshi kurashish uchun butun 2022 yil sarflanishi mumkinligini aytgandi.

Top