21:55 / 11.12.2021
5340

AQShda «omikron» shtammini yuqtirganlarning aksariyati koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar ekani ma'lum qilindi

Ta'kidlanishicha, «omikron» shtammi aniqlangan 43 kishining 34 nafari koronavirusga qarshi to‘liq emlangan. Ularning 14 nafari vaksinaning buster dozasini ham olishga ulgurgan. 

Foto: REUTERS/Eduardo Munoz

AQSh kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazining (CDC) bildirishicha, mamlakatda koronavirusning «omikron» shtammini yuqtirganlarning ko‘pchiligi to‘liq emlanganlardir. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, «omikron» shtammi aniqlangan 43 kishining 34 nafari koronavirusga qarshi to‘liq emlangan. Ularning 14 nafari vaksinaning buster dozasini ham olishga ulgurgan. 

Markaz hisobotida qayd etilishicha, kasallanganlarning ko‘pchiligida yo‘tal, burun bitishi va charchoq kabi yengil simptomlar kuzatilgan.

Bir nafar bemor ikki kunga shifoxonaga yotqizilgan. Sanoqli bemorlarda esa ko‘ngil aynishi, qusish, nafas qisishi, diareya, hid yoki ta'm bilishning yo‘qolishi kuzatilgan.

Top