18:15 / 14.12.2021
16011

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Foto: Jizzax viloyat davlat soliq boshqarmasi

Sirojiddin Eshmatov o‘rniga Erkin Narmanov Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasining yangi rahbari bo‘ldi. 

Erkin Abdualimovich Narmanov bungacha Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

2019 yildan buyon Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan Sirojiddin Eshmatov Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgandi.

Top