11:13 / 16.12.2021
2464

Samarqandda tug‘ilgan uch egizakka Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qo‘yildi

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida yashovchi oilada uch nafar o‘g‘il egizak tug‘ilgan. Bu haqda Kun.uz’ga tuman FHDYo mudirasi Marjona Sag‘dullayeva xabar berdi.

Egizaklar joriy yil 7 dekabr kuni Samarqand shahridagi 4-sonli viloyat perinatal markazida kesarcha yo‘li bilan tug‘ilgan.

Ishtixon tumani Orlot mahallasi Kulchora qishlog‘ida yashovchi O‘sarov Jamshid va Abdiyeva Mahliyolar oilasida bungacha bir nafar qiz farzand bo‘lgan.

Tuman FHDYo tomonidan egizaklarga 13 dekabr kuni tug‘ilganlik haqida guvohnoma berilgan. Unga ko‘ra, egizaklarga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari berilgan.

Mavzuga oid
Top