21:21 / 17.12.2021
15944

Putin o‘z dastxatidan shikoyat qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya sanoatchilari va tadbirkorlari ittifoqi qurultoyida o‘zi yozgan narsani o‘qiy olmadi.    

Foto: RIA Novosti

Putin qo‘lidagi kitobchaga kiritgan tuzatishlarni o‘qishga urinib unga 10 soniyaga yaqin tikilib turgan, so‘ngra yozuvini o‘qiy olmayotganini tan olgan.

“Nimalardir kiritdim, biroq har doim ham yozganimni o‘qiy olmayman”, deb tushuntirgan hayallab qolganini Putin.

Rossiya yetakchisi o‘z dastxatini o‘qiy olmayotganini birinchi marta tan olmayapti. U bu haqda 2018 yilda qonunchilar kengashi yig‘ilishidagi ishtirokida ham aytgan. O‘shanda ham u o‘z yozuvini o‘qish uchun tin olgandi. “Xuddi tovuq oyog‘i bilan yozgandek yozibman, o‘zim ham o‘qiy olmayapman... xuddi maktabdagi kabi. Qiziq takliflar ko‘pligidan shoshib qolyapman”, deb kulib izoh bergan o‘sha vaziyatga Putin.

Top