09:34 / 19.12.2021
4860

Kollej va texnikumlarda to‘lov-kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Davlat qabul komissiyasining qaroriga muvofiq, kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlarga 2021/22-o‘quv yilida o‘qish uchun belgilangan to‘lovlarning kamida 50 foiz miqdorini to‘lash muddati 2022 yilning 20 yanvarigacha (20 yanvar kuni ham) etib belgilandi.

Shuningdek, 2021/22-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlarning kasb olishga bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, ularni bergan arizalariga muvofiq imtihon topshirgan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan kasb yoki mutaxassisliklarning vakant o‘rinlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga ruxsat etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 31 dekabr OTM talabalariga kontrakt to‘lashning oxirgi kuni deb belgilangan edi.

Mavzuga oid
Top