08:00 / 21.12.2021
4701

JSST omikron delta-shtammdan tezroq tarqalayotganini ma’lum qildi 

JSST tadqiqotlar koronavirusning yangi omikron-shtammi undan avvalgi delta-shtammdan tezroq tarqalayotganini tasdiqlaganini ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Bundan tashqari, omikron virusga qarshi emlanganlar va undan sog‘ayganlarni ham zararlaydi. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Gebreyyesus ma’lum qildi.

“Ayni vaqtda omikron deltadan tezroq tarqalayotgani va emlanganlar hamda virusdan sog‘ayganlar yana unga chalinishi mumkinligining tasdig‘i bor”, deb ta’kidlab o‘tgan JSST rahbari.

Xalqaro tashkilot, shuningdek, omikron-shtammning tarqalishi bo‘yicha prognoz berdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yangi shtamm tobora ko‘proq davlatlarda, jumladan aholining virusga qarshi emlanganlik darajasi yuqori bo‘lgan joylarda ham qayd qilinmoqda.

Bu orada JSST bosh ilmiy xodimi Sumya Svaminatan omikron o‘ylanayotgandek koronavirusning yengil varianti hisoblanmasligi va og‘ir kasallanishga olib kelishi mumkinligini aytgan. Shu sababli u “qo‘lni qovushtirib o‘tirish nojoizligini” qo‘shimcha qilgan.

Mavzuga oid
Top