19:19 / 24.12.2021
7911

Qoraqalpog‘istonda 2 kishini tuproq bosib qoldi. Ulardan biri vafot etdi

Foto: KUN.UZ

2021 yil 17 dekabr kuni soat 16:40larda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida yo‘l tagidan quvur qaziyotgan 2 kishini tuproq bosib qoldi. Bu haqda Kun.uz’ga Qoraqalpog‘iston prokuraturasi matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, «Meliorator-Kungrad» ko‘p tarmoqli firma ishchilari Qo‘ng‘irot tumani hududidan o‘tuvchi Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq avtomobil yo‘lining 3-4 km oralig‘ida yo‘l quvur o‘tkazmoqchi bo‘lishgan. 3.30 metr chuqurlikdan quvur o‘tkazmoqchi bo‘lishayotganda chuqurning ikki tarafi o‘yilib ketgan. Ishchilarni tuproq va asfalt yo‘lning toshlari bosib qolgan.

Oqibatda ushbu firma ishchisi, 1969 yilda tug‘ilgan A.Q. tan-jarohati olgan va 1986 yilda tug‘ilgan S.S. voqea joyida vafot etgan. 

Hozirda holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan oldin ham Qo‘ng‘irotda 3 kishi tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etgan edi. Keyinroq halok bo‘lgan 3 kishi suv quvurini noqonuniy olib ketmoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top