07:34 / 25.12.2021
5178

Davlat budjeti xarajatlari oshirildi

2021 yil 22 dekabrdagi qonun bilan «2021 yil uchun O‘zbekiston davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi.

Foto: Getty Images

Kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan 2021 yil uchun konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 6,5 foizini tashkil etadi.

Quyidagi xarajatlar oshirildi: davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari 41 226 950,3 mln so‘mgacha; Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining xarajatlari 26 746 490 mln so‘mgacha.

2021 yil uchun respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari oshirildi. Respublika budjetidan ularga jami 162 837 498,1 mln so‘m ajratiladi.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.12.2021 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid
Top