19:42 / 28.12.2021
14998

Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Vazirlikdagi boshqarma boshlig‘i Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘ldi

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari – viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Yo‘ldosh G‘afurovich Jumayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod qilindi.

Ahror Aminovich G‘ulomov Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. 

Ahror G‘ulomov 1970 yil 20 dekabrda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 1996 yilda Toshkent davlat universiteti (kunduzgi), 2006 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti (sirtqi)ni tamomlagan. 

A.G‘ulomov mehnat faoliyatini 1996 yilda G‘ijduvon tumanidagi 1-sonli maktab o‘qituvchisi sifatida boshlab, «Biotexmed» MChJ mutaxassisi (1997-2001), Yakkasaroy tovar ishlab chiqaruvchilar markazi rahbari (2002), Yakkasaroy tumani tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi (2003-2005), Yakkasaroy tumani Statistika bo‘limi boshlig‘i (2005-2007), Yakkasaroy tumani hokimiyati tashkiliy-nazorat guruhi rahbari (2007-2008), Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Yakkasaroy tumani bo‘limi boshlig‘i (2008-2011), «Mahalla» xayriya jamoat fondi Yakkasaroy tumani bo‘linma boshqaruvi raisi (2011-2013), «Mahalla» xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi boshqaruvi raisi o‘rinbosari (2013-2015), «Mahalla» xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi boshqaruvi raisi (2015-2017), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Buxoro viloyati Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari (2017-2020) lavozimlarida ishlagan.

U ayni paytga qadar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Muqaddam Kogon tumani hokimi bo‘lgan Yo‘ldosh Jumayev 2020 yil fevralida Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top