11:37 / 30.12.2021
7321

Nukusda ikki o‘smir muzga kirib ketdi

Nukus shahrining «Jaңa bazar» MFY (Qosko‘l-4) hududida ikki nafar o‘smir ko‘l yuzasini qoplagan muzga kirib ketishgan. Ular muzning qalin joyigacha o‘zlari chiqib olishgan va telefon orqali qutqaruvchilarni chaqirishgan.

Videodan kadr

Voqea «Janga bazar» MFY hududida 29-dekabr kuni 16:45 da yuz bergan. O‘smirlar muzda o‘ynash uchun Qosko‘l ko‘liga borishgan. Muzga o‘yilib ketgan yoshlar o‘zlari harakat qilib muzning qalin joyiga chiqib olishgan.

Qoraqalpog‘iston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot kotibi Aybek Abdiraxmanovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, fuqarolar holat haqida o‘sha vaqtning o‘zida «1050» qisqa raqamiga xabar berishgan. FVB xodimlari ikki nafar o‘smirni muzdan chiqarib olgan.

2010 yilda tug‘ilgan o‘smirlarga shu yerning o‘zida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda har ikkala yoshning salomatligi joyida ekani ma’lum qilindi.

Mavzuga oid
Top