22:07 / 30.12.2021
1514

Samarqandda soliq to‘lovchiga oshiqcha soliq qarzdorligi hisoblandi

Foto: Getty Images

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan soliq to‘lovchiga asossiz soliq qarzdorligi hisoblanganligi haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat soliq boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, holatga oydinlik kiritish maqsadida davlat soliq xizmati organlari tomonidan tezkor o‘rganish olib borilgan. O‘rganish natijasida xabarda bayon etilgan holat qisman tasdiqlangan.

Holat shu kunning o‘zida bartaraf etilib, soliq to‘lovchining soliq qarzdorligi mavjud emasligi, shuningdek, uning hisobida jami 447,4 ming so‘m miqdorida ortiqcha to‘lov mavjudligi to‘g‘risida qaytadan xat yuborilgan.

Qayd etilishicha, noto‘g‘ri ma’lumot aks ettirilgan xabarnoma yuborilishi yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasining mas’ul xodimlari qat’iy ogohlantirilgan.

«Ortiqcha to‘langan mablag‘ soliq to‘lovchining arizasiga asosan qaytarib berilishi yoki keyingi soliq to‘lovlari uchun hisobga olinishi mumkinligini ma’lum qilamiz», deyiladi munosabatda.

Top