12:17 / 31.12.2021
8779

«Shu kungacha xodimlarimiz tomonidan qidiruvdagi 271 nafar shaxs ushlandi» – IIV YHXB

Joriy yil boshidan shu kunga qadar YHXB xodimlari tomonidan 271 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlangan. Bu haqda Kun.uz’ga Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

So‘nggi bir haftada ana shunday 10 ta holat aniqlangan.

Foto: YHXB axborot xizmati

29 dekabr kuni “Hasanboy” blok-postida Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan "Nexia" rusumli avtomobil to‘xtatiladi. YPX xodimlari tomonidan 1991 yilda tug‘ilgan haydovchining ma’lumotlari planshet yordamida maxsus dastur orqali tekshirilganida u Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan ayblanib, 2021 yil 23 noyabrdan buyon qidiruvda ekani aniqlangan. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng haydovchi Yunusobod tumani IIO FMB xodimlariga topshirilgan.

Foto: YHXB axborot xizmati

29 dekabr kuni Shota Rustaveli ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi tomonidan 2003 yilda tug‘ilgan piyoda to‘xtatilib, uning ma’lumotlari maxsus dastur orqali tekshiriladi. Tekshiruv ushbu fuqaro Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (O‘g‘rilik) bilan ayblanib, 2021 yil 18 noyabrdan buyon qidiruvda ekanini ko‘rsatgan. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro Yakkasaroy tumani IIO FMBga topshirilgan.

Foto: YHXB axborot xizmati

28 dekabr kuni YPX xodimlari Maxtumquli ko‘chasida 1988 yilda tug‘ilgan piyodani to‘xtatib, uning ma’lumotlarini maxsus dastur orqali tekshirishganida, u Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (Firibgarlik) bilan ayblanib, qidiruvda ekani aniqlangan. Qidiruvdagi shaxs belgilangan tartibda Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.

Foto: YHXB axborot xizmati

27 dekabr kuni “Qoramurt” blok-posti orqali Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan, 1988 yilda tug‘ilgan piyoda YPX xodimi tomonidan to‘xtatiladi. Maxsus dastur ushbu fuqaro Jinoyat kodeksining 122-moddasi (Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash) bilan ayblanib, 2017 yil 16 fevraldan buyon qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘lgan. Mazkur shaxs Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga topshirilgan.

* * *

27 dekabr kuni “Bektemir” YPX maskani orqali Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Nexia” rusumli avtomobil to‘xtatiladi. Mashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan, 1971 yilda tug‘ilgan shaxsning ma’lumotlari maxsus dastur orqali tekshirilganida, u Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (O‘g‘rilik) bilan ayblanib, 2021 yil 15 noyabrdan buyon qidiruvda ekanligi aniqlangan. Qidiruvdagi erkak Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

* * *

26 dekabr kuni Mustaqillik shohko‘chasidan piyoda harakatlanib kelayotgan, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilib, uning ma’lumotlari maxsus dastur orqali tekshirilganida, ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (O‘g‘rilik) bilan ayblanib, 2021 yil 11 dekabrdan buyon qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga topshirilgan.

* * *

26 dekabr kuni YPX xodimlari Farg‘ona yo‘li ko‘chasida piyoda harakatlanib kelayotgan, 1976 yilda tug‘ilgan shaxsni to‘xtatadi. Uning ma’lumotlari maxsus dastur orqali tekshirilganida, fuqaro Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) bilan ayblanib, 2021 yil 14 noyabr kunidan buyon qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Foto: YHXB axborot xizmati

24 dekabr kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududida xizmat olib borayotgan YPX xodimi to‘xtatilgan. 1978 yilda tug‘ilgan haydovchi Jinoyat kodeksining 168-moddasida (Firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblanib, qidirilayotgani ma’lum bo‘lgan. Haydovchi tuman IIBga topshirilgan.

Foto: YHXB axborot xizmati

24 dekabr kuni “Sharq” YPX maskani orqali Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Lada Vesta” rusumli avtomobilning 1998 yilda tug‘ilgan yo‘lovchisi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) bilan ayblanib qidirilayotgan shaxs bo‘lib chiqqan. Ushbu fuqaro Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

Foto: YHXB axborot xizmati

22 dekabr kuni YPX xodimlari Mustaqillik–Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida 1977 yilda tug‘ilgan piyodani to‘xtatib, uning ma’lumotlari maxsus dastur orqali tekshirilganida, ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 122-moddasi (Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash) bilan ayblanib, 2017 yil 27 aprel kunidan buyon qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, qidiruvdagi shaxs Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga topshirilgan.

Top