17:21 / 01.01.2022
7082

MDHga raislik Qozog‘istonga o‘tdi

Qozog‘iston oxirgi marta 2015 yilda MDH organlariga raislik qilgandi.

Foto: Tengrinews.kz

2022 yil 1 yanvardan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raislik Belarusdan Qozog‘istonga o‘tdi

Qozog‘iston oxirgi marta 2015 yilda MDH organlariga raislik qilgandi.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish va o‘stirishni MDH mamlakatlari oldida turgan asosiy vazifa deb atadi.

U shuningdek, umumiy agrar bozorini shakllantirishni dolzarb deb hisoblamoqda. To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, MDH davlatlari oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirish va o‘zaro hamkorlik qilish strategiyasini ishlab chiqish barcha uchun manfaatli bo‘ladi.

2022 yil mayda Nur-Sultonda MDH davlatlari hukumat rahbarlari, oktyabrda esa MDH mamlakatlari rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

MDHni tuzish to‘g‘risidagi deklaratsiya 1991 yil dekabrda Olmaotada imzolangan.

Mavzuga oid
Top