07:40 / 01.01.2022
5076

O‘zbekistonga guruch importi 17 ming tonnaga oshdi

O‘zbekistonga guruch importi 17,7 ming tonnaga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Foto: Shutterstock

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 7,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 28 ming tonna guruch import qilgan. 

Guruch importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 17,7 ming tonnaga oshgan.

2021 yilning o‘tgan 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p guruch import qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda – 27,5 ming tonna.

Shuningdek, qolgan davlatlar quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Pokiston – 248,2 tonna;
  • Xitoy – 60 tonna; 
  • Rossiya – 18,2 tonna.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 7,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 26,9 ming tonna guruch import qilgan

Mavzuga oid
Top