10:09 / 04.01.2022
1277

Jizzax viloyatida 2ta yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: FVV matbuot xizmati

2022 yil 3 yanvardan 4 yanvarga o‘tar kechasi Jizzax viloyatida ikkita yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 3 yanvar kuni tungi soat 23:33larda Jizzax shahar FVBga shaharning Madaniyat mahallasida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.

Yong‘in joyiga darhol Jizzax shahar FVBning 2ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yuborilgan. Qutqaruvchilar hodisa joyiga soat 23:38da yetib borgan va soat 00:02da yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida xonadonning 30 metr kvadrat maydonida tom-shift qismi yonib zararlangan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Dastlabki surishtiruvga ko‘ra, elektr simlarining qisqa tutashuvi yong‘inga sabab bo‘lgan. Hozirda ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Shuningdek, 4 yanvar kuni soat 00:30larda Baxmal tumani FVBga “Fayzobod” MFYda joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga darhol tuman FVBning qutqaruvchilar bo‘linmasi yuborilgan. Tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 00:45da o‘chirilgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan.

Top