14:36 / 04.01.2022
1704

Samarqandda fuqaroning yashash uyidan tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Foto: AP

Samarqand shahrida fuqaroning yashash uyidan 10 ming dollarlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 2 yanvar kuni Samarqand shahar Amir Temur ko‘chasida yashovchi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida 1 yanvar kunidan 2 yanvar kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs uning yashash uyiga kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yashash uyi yotoqxonasidagi javon ichidan bahosi 10 ming dollarga teng tilla taqinchoqlar va 300 ming so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilib, o‘g‘rilarni topishda amaliy yordam so‘ragan.

Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 5-sonli IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida mazkur o‘g‘irlik jinoyatini Samarqand tumani “Qoziariq” MFYda yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan S.A. sodir qilganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top