09:37 / 05.01.2022
4368

Shavkat Mirziyoyev Murat Kamalovga hamdardlik bildirdi

Foto: t.me/Press_Secretary_Uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev taniqli davlat arbobi Qallibek Kamalovning rafiqasi, Qoraqalpog‘iston Jo‘g‘org‘i Kengesi Raisi Murat Kamalovning onasi Lyubov Kamalova vafoti munosabati bilan telefon orqali ta’ziya bildirdi hamda hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

«Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, boshqa davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda qoraqalpog‘istonlik faollar bilan birgalikda Nukus shahrida Kamalovlar xonadonida bo‘lib, Lyubov ayaning oilasi va yaqinlariga ta’ziya bildirdik, Prezidentimiz va xalqimizning hamdardlik so‘zlarini yetkazdik», deb yozadi Sherzod Asadov.

Marhum Lyubov Semyonovna Kamalova

Ma’lumot uchun, marhum Lyubov Semyonovna Kamalova 1927 yilda Samarqand viloyatining Narpay tumanida tug‘ilgan. U uzoq yillar davomida oliy ta’lim muassasalarida mehnat qilgan.

Lyubov Kamalova 3 yanvar kuni 95 yoshida Nukusda vafot etgani haqida oldinroq xabar bergandik.

Top