13:15 / 08.01.2022
1176

Jizzaxda Nexia mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: FVB

Jizzax shahrida Nexia mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan va u o‘t o‘chiruvchilar tomonidan o‘chirilgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 7 yanvar kuni soat 19:15 larda Jizzax shahri Sh.Rashidov shohko‘chasida 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro I.R. boshqaruvida bo‘lgan Nexia mashinasida yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. Voqea joyiga darhol qutqaruvchilar bo‘linmasi yuborilgan.

Yong‘in o‘chiruvchilar hodisa ro‘y bergan joyga soat 19:20 da yetib borishgan. Qutqaruvchilar tomonidan yong‘in tezkorlik bilan bartaraf etilib, katta moddiy zarar ko‘rilishining oldi olingan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.

Dastlabki surishtiruvda, yong‘in mashinaning motor qismida elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida ro‘y berganligi aniqlangan. Mashinaga 4 million so‘mlik moddiy zarar yetgan.

Top