12:41 / 10.01.2022
4659

Surxondaryoda fuqaroni Koreyaga ishga yuborishini aytib 4 100 dollar olgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Foto: Prokuratura departamenti

Surxondaryo viloyati Denov tumanida fuqaroni Koreyaga ishga yuborishini aytib 4 100 dollar olgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda, fuqaro N.N. fuqarolar U.M. va I.M.ning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida Koreyaga ishga yuborish evaziga jami 4 100 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top