20:59 / 11.01.2022
4471

Poytaxtning 2022 yilgi budjeti 6,04 trln so‘m

Foto: Toshkent shahri hokimligi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan 2022 yil uchun Toshkent shahar mahalliy budjeti tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2022 yil uchun poytaxt va uning tumanlari mahalliy budjetlari jami 6 trln 44 mlrd so‘m, shu jumladan, Toshkent shahar budjeti – 4,4 trln so‘m, tumanlar budjetlari – 1,6 trln so‘m miqdorida tasdiqlandi.

Toshkent shahrining iqtisodiy ko‘rsatkichlari prognoziga ko‘ra:

  • yalpi hududiy mahsulot (YaHM) – 120 mlrd so‘m;
  • YaHM o‘sish sur’ati – 7,5%;
  • sanoat mahsulotlarining o‘sish sur’ati – 6,3%;
  • xizmat ko‘rsatish sohasi o‘sish sur’ati – 30,1%.

Poytaxt budjeti daromadlarining asosiy manbalari quyidagicha belgilandi:

  • yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq – 728,8 mlrd so‘m;
  • aylanmadan olinadigan soliq – 586,8 mlrd so‘m;
  • yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i – 567,7 mlrd so‘m;
  • davlat boji – 513,9 mlrd so‘m;
  • benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiyasidan soliq – 374,4 mlrd so‘m
  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – 373,3 mlrd so‘m.
Mavzuga oid
Top