11:25 / 12.01.2022
1778

Navoiyda qariyb 400 mln so‘mlik tabiiy gaz “o‘g‘irlandi”

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Navoiy viloyatining Zarafshon shahridagi g‘isht ishlab chiqarish sexida gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Zarafshon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududdagi MChJlardan biriga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. Tsexda tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 384 mln so‘m zarar yetkazilgan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Oldinroq Navoiy shahridagi MChJlardan biri 11 300ta xonadonning bir kunlik iste’moliga yetadigan gazdan o‘g‘rincha foydalangani ma’lum bo‘lgandi.

Top