21:17 / 14.01.2022
10345

Zelenskiy Baydenga Putin bilan uch tomonlama muzokara tashkil etishni taklif qildi

Ma’lumot berilishicha, muzokara videokonferensiya rejimida o‘tkazilishi mumkin.

Foto: TASS

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh yetakchisi Jo Baydenga rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi.

"Prezident Zelenskiy prezident Baydenga uch tomonlama – prezident Bayden, prezident Zelenskiy va prezident Putin o‘rtasida balki videokonferensiya rejimida uchrashuv tashkil etishni taklif qildi. Biz Rossiya tomonining javobini kutyapmiz", - dedi Yermak.

O‘tgan yil dekabrida Vladimir Zelenskiy o‘zaro uchrashuv masalasini kelishib olish uchun Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilishga tayyorligini aytgandi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, agarda muzokaralarda Qrimning kimga tegishliligi masalasini ko‘tarish rejalashtiriladigan bo‘lsa, Rossiya va Ukraina prezidentlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilmaydi.  

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top