00:03 / 16.01.2022
7412

Pekinda omikron shtammi bilan bog‘liq dastlabki holat aniqlandi

Ma’lum qilinishicha, bemor oxirgi 14 kun davomida Pekin shahridan tashqariga chiqmagan.

Foto: Xinhua

Xitoy poytaxti Pekinda koronavirusning omikron shtammi bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etildi. Bu haqda shahar kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi xabar berdi.

"15 yanvar kuni Pekinda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq yangi holat qayd etildi", - deyiladi xabarda.

Xabarda gap omikron shtammi haqida borayotgani ma’lum qilingan.

Aniqlik kiritilishicha, bemor shahar shimoli-g‘arbida yashaydi. U oxirgi 14 kun davomida hech bir provinsiya yoki shaharga bormagan.

Pekinda 4-20 fevral kunlari qishki Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top