07:28 / 18.01.2022
13604

BAA o‘zbekistonliklar uchun mamlakatga kirish bo‘yicha yangi qoidalar o‘rnatdi

Birlashgan Arab Amirliklariga kirish uchun yangi qoidalar o‘rnatildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qildi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, 2022 yilning 17 yanvaridan boshlab, O‘zbekiston va Tojikistondan Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketayotgan yo‘lovchilar qator majburiyatlarga egadir.

Ular: namunalar olingan vaqtdan boshlab 48 soatdan kechiktirmasdan berilgan, COVID-19’ga qarshi topshirilgan testning manfiy natijasi to‘g‘risidagi amaldagi sertifikatini taqdim etish; Dubay/Sharja aeroportiga yetib kelgandan so‘ng, aeroportda PZR testidan o‘tish;

Yo‘lovchi test natijasini olmaguniga qadar o‘zini izolyatsiya qilishi talab qilinadi.

Mazkur qoidalar 2022 yilning 17 yanvaridan boshlab kuchga kiradi.

Mavzuga oid
Top