16:23 / 18.01.2022
6759

Qoraqalpog‘istonda Mercedes-Benz va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: YHXBB axborot xizmati

Nukus shahrida Mercedes-Benz va Cobalt avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, YTH oqibatida ikki mashinaga ham zarar yetgan. Haydovchilar jarohat olmagan.

Aniqlanishicha, Mercedes haydovchisi mast holatda bo‘lgan. Holat yuzasidan tergov jarayonlari olib borilmoqda.

Top