08:31 / 20.01.2022
13497

2021 yilda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

2021 yilda eng ko‘p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Foto: UzAuto Motors

Qo‘mita xabariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021 yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar soni bo‘yicha “Cobalt” yetakchilik qilmoqda  - 71 082 dona.

Keyingi o‘rinlardan 51 061 dona ishlab chiqarilgan “Lacetti-Gentra” va 31 466 dona ishlab chiqarilgan “Nexia T-250” joy oldi.

Shuningdek, 2021 yilda 55 068 dona “Damas”, 17 308 dona “Labo” va 9 915 dona “Spark” avtomobili ishlab chiqarilgan.

Avvalroq, O‘zbekiston qaysi davlatlarga eng ko‘p avtomobil eksport qilgani ma’lum bo‘lgandi.

2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p Qozog‘istonga eksport qilgan — 28 651 ta. Keyingi o‘rinlardan Ukraina (744 ta) va Rossiya (448 ta) joy olgan. 

Top