15:21 / 20.01.2022
13309

Qo‘ng‘irot tumani hokimi o‘zgardi

Foto: Bekzod Madaminov / Qoraqalpog‘iston xabar agentligi

Qo‘ng‘irot tumani hokimi lavozimiga Bekzod Madaminov tayinlangan. Bu haqda Vazirlar Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar u Davlat aktivlarini boshqarish Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Bekzod Bahodirovich faoliyati davomida Moliya vazirligining Qoraqalpog‘istondagi mas’ul xodimi, Beruniy tumani g‘aznachilik bo‘limi boshlig‘i, Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Foto: Qallibek Xalmuratov / Qo‘ng‘irot tumanining sobiq hokimi

Madaminovgacha 2020 yilning 9 fevralidan buyon Qo‘ng‘irot tumani hokimi lavozimida Qallibek Xalmuratov ishlab kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati haqida hozircha qo‘shimcha ma’lumot berilmadi.

Bundan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Abatbay Daniyarov tayinlangandi.

Top