08:39 / 27.01.2022
7941

O‘zbekistonga 2021 yilda kartoshka qaysi davlatlardan olib kelingani ma’lum bo‘ldi

2021 yilda qariyb 560 ming tonna kartoshka import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Getty Images

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 72,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 560 ming tonna kartoshka import qilgan. 

Qayd etilishicha, kartoshka importi 2020 yilga nisbatan solishtirilganda 109,1 ming tonnaga oshgan.

2021 yilda O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda – 196 ming tonna.

Keyingi o‘rinlardan 161 ming tonna kartoshka import qilingan Pokiston va 141 ming tonna kartoshka olib kirilgan Eron joy oldi.

Shuningdek, kartoshka importi ko‘rsatkichi qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qirg‘iziston – 35 ming tonna;
  • Niderlandiya – 11 ming tonna;
  • Rossiya – 4,8 ming tonna;
  • Fransiya – 616 tonna.
Mavzuga oid
Top