09:46 / 03.02.2022
1414

Samarqandda 1 gektar yerni sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi

Foto: Kun.uz

Samarqand tumanida 1 gektar yerni 20 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani bo‘limi hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda, Samarqand tumanidagi “T.A.” fermer xo‘jaligi rahbari J.T. xo‘jalikning sug‘oriladigan yerning 1 gektarini fuqaro D.ga firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, tanishlari yordamida ushbu yer maydonida issiqxona qurish uchun hujjatlarni tayyorlab berish evaziga 20 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top