14:47 / 09.02.2022
32764

O‘zbekistonda 6 ta tumanda IIB boshlig‘i o‘zgardi

Qoraqalpog‘istonning Beruniy va Kegeyli, Buxoroning Olot va Shofirkon, Navoiyning Xatirchi va Konimex tumanlarida IIBning yangi boshliqlari ish boshladi.

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti xabar bermoqda.

Podpolkovnik Mansur Murodov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mansur Murodov

Tayinlovga qadar M. Murodov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

  • Beruniy tumani IIB boshlig‘i lavozimida 2020 yil bahoridan buyon Atabek Abdirov ishlab kelayotgandi. 
Atabek Charjouovich Abdirov

Podpolkovnik Niyetboy Odilbekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani IIB boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Niyetboy Odilbekov

Tayinlovga qadar N. Odilbekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

  • Kegeyli tumani IIB boshlig‘i lavozimida 2019 yil aprelidan buyon Isak Saliyev ishlab kelayotgandi.
Isak Mamutjanovich Saliyev

 Podpolkovnik Jamshid Tangriyev Buxoro viloyati Olot tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Jamshid Tangriyev

Tayinlovga qadar J. Tangriyev Qorako‘l tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

  • Olot tumani IIB boshlig‘i lavozimida 2021 yil yozida podpolkovnik Ismoilov podpolkovnik Fayzulla Ismoilov ish boshlagandi.
Ismoilov Fayzulla Xikmatovich

Podpolkovnik Azamat Ismoilov Buxoro viloyati Shofirkon tumani IIB boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Azamat Ismoilov

Tayinlovga qadar A. Ismoilov Buxoro shahar IIO FMB bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

  • Shofirkon tumani IIB boshlig‘i lavozimida 2018 yildan buyon podpolkovnik Avaz Elbekov ishlayotgandi.
Avaz Qurbonovich Elbekov

Podpolkovnik Obidjon Ro‘zimurodov Navoiy viloyati Xatirchi tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.  

Obidjon Ro‘zimurodov

Tayinlovga qadar O. Ro‘zimurodov Navoiy viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

  • Xatirchi tumani IIB boshlig‘i lavozimida 2019 yil yozidan buyon podpolkovnik Ulug‘bek Asadov ishlayotgandi.
Ulug‘bek Jalolovich Asadov

Podpolkovnik Anvar Rajabov Navoiy viloyati Konimex tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.  

Anvar Rajabov

Tayinlovga qadar A. Rajabov Navoiy viloyati IIB Xatirchi tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

  • Konimex tumani IIB boshlig‘i lavozimida 2018 yil mayidan buyon podpolkovnik Baxronjon Qurbonov ishlayotgandi.
Baxronjon Ismatilloyevich Qurbonov
Mavzuga oid
Top