07:27 / 18.02.2022
3544

Mahalliy hokimliklar qabul qilgan 976 ta hujjat raqobatga zid ekani aniqlandi

O‘zbekistonda mahalliy hokimliklar tomonidan qabul qilingan 976 ta hamda davlat organlarining 374 ta hujjatlari raqobatga zid ekani aniqlandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mita raisi o‘rinbosari Bekzod Ummatov ma’lum qildi.

Foto: Fotolia

Qayd etilishicha, qo‘mita tomonidan raqobatga ta’siri baholangan boshqa vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan ishlab chiqilgan 1,5 mingta normativ-huquqiy hujjatlar, loyihalar o‘rganildi va 278 ta loyihada raqobatga zid normalar aniqlandi, ularni bartaraf etish tegishli xulosalari berildi.

Shuningdek, mahalliy hokimliklar tomonidan qabul qilingan 976 ta hamda davlat organlarining 374 ta hujjatlari raqobatga zid ekanligi aniqlangan va ularni bekor qilish choralari ko‘rilgan. 

Davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishda qo‘mitaning roziligini oldindan olish, bunda 5 dan ortiq xususiy tadbirkor faoliyat yurituvchi sohalarda davlat korxonalarini tashkil qilmaslik mexanizmi yo‘lga qo‘yildi.

Natijada, davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish bo‘yicha 29 ta murojaat ko‘rib chiqilgan, 10 ta holatda bunday korxonalarni tashkil etish rad etilgan.

Avvalroq, «Avtoyo‘l»ning yo‘l belgilarini ishlab chiqishdagi monopoliyasi bekor qilinishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top