15:07 / 19.02.2022
13762

DXR va LXRda umumiy harbiy safarbarlik e’lon qilindi

Tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari juma kuni “Ukraina tomondan hujum xavfi” tufayli aholini Rossiyaga ommaviy evakuatsiya qilishni boshladi.

Foto: Valentin Sprinchak / TASS

O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi Leonid Pasechnik respublika hududida umumiy safarbarlik o‘tkazilishi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

"Lugansk xalq respublikasi hududida umumiy safarbarlik e’lon qilinsin", - deyiladi farmonda.

Hujjatda qayd etilishicha, 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan erkaklarning LXR hududini tark etishi taqiqlanadi. 

Bundan tashqari, farmon bilan davlat ijroiya organlari korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolarning transport vositalari va “mudofaa ehtiyojlari uchun zarur” boshqa mulklarini olib qo‘yish vakolatiga ega bo‘ldi.

Avvalroq Donetsk xalq respublikasi rahbari Denis Pushilin umumiy harbiy safarbarlik e’lon qilgandi.

"Zaxiradagi yurtdoshlarimizni harbiy komissariatlarga kelishga chaqiraman. Bugun umumiy safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladim", - dedi Pushilin DXR aholisiga yo‘llagan videomurojaatida.

Eslatib o‘tamiz, juma kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalari “Ukraina tomondan hujum xavfi” tufayli aholi Rossiyaga ommaviy evakuatsiya qilinishini ma’lum qildi. DXR va LXR nazorati ostidagi hududlardan odamlarni qo‘shni Rostov oblastiga ko‘chirish boshlandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga Donbassdagi respublikalardan Rostovga kelayotgan qochqinlarning har biriga 10 ming rubldan to‘lash bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top