08:53 / 01.03.2022
8547

Farg‘ona, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida osh narxlari oshdi

2022 yilning fevral holatiga eng qimmat osh Toshkent shahrida va eng arzon osh Namangan viloyatida kuzatildi.

Foto: Kun.uz

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2022 yil fevral oyi uchun hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qoraqalpog‘iston R. – 15 700 so‘m;    
  • Andijon viloyati – 18 400 so‘m;    
  • Buxoro viloyati – 21 300 so‘m;     
  • Jizzax viloyati –19 000 so‘m;    
  • Qashqadaryo viloyati – 20 300 so‘m;     
  • Navoiy viloyati – 15 500 so‘m;
  • Namangan viloyati – 15 000 so‘m;    
  • Samarqand viloyati – 20 300 so‘m;    
  • Surxondaryo viloyati – 19 600 so‘m;    
  • Sirdaryo viloyati – 17 300 so‘m;
  • Toshkent viloyati – 20 500 so‘m;   
  • Farg‘ona viloyati – 17 800 so‘m;
  • Xorazm viloyati – 19 400 so‘m;
  • Toshkent shahri – 24 800 so‘m.   

Palov narxlarini belgilashda har bir porsiya va kilogramm uchun belgilangan o‘rtacha narxlar asos bo‘lgan.

Top