15:51 / 02.03.2022
2929

Ohangaron shahrida 270 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Ohangaron shahar bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida, “A.” MChJ rahbari O.Yu. xodimi M.A. bilan oldindan til biriktirib, xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan 10 ming dona “ATss long taym” nomli dori vositasini 270 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top